Balde «Manchester Yunayted» va «Barselona» o'rtasida tanlov qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Kataloniyaning «Barselona» klubi qanot himoyachisi Alexandro Balde jamoasini o'zgartirishga tayyor emas. Bu haqda insayder Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli lateralning xizmatlari «Manchester Yunayted»ga taklif qilingan. Baldening o'zi esa «qizil iblislar» safiga o'tish imkoniyati bo'lishiga qaramay, «ko'k-anorranglilar» safida to'p surishda davom etmoqchi.
Alexandroning transfer qiymati 60 million evroga baholanmoqda. Himoyachining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Balde «Barselona» tarkibida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227