«Manchester Yunayted» yozda «Yuventus» yulduzini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachisi Kefren Tyuramda Angliya Premer-ligasida ish boshlash varianti paydo bo'ldi. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yarim himoyachining transferiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» 24 yoshli ijrochini yozgi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi. Kefren uchun kurashda mankunianliklarga «Liverpul» raqobatchilik qilmoqda.
Tyuramning bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda. Futbolchining Turin klubi bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
230