Akbar Xudoyberdiev – «Dinamo» futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

«Dinamo» jamoasi mavsum oldidan tajribali o'yinchilar bilan birga yosh iqtidorlar bilan ham safini kuchaytirdi.
Mavsum oldidan «Dinamo» ko'rigida bo'lgan iqtidorli yoshlardan biri Akbar Xudoyberdiev yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi. 19 yoshli yarimhimoyachi Dubaydagi yig'inlarda o'z harakatlari bilan umidli o'yinchi ekanini ko'rsatdi. 2006 yilda tug'ilgan yarimhimoyachi mavsum uchun qaydnomaga limitdan tashqari o'tkazilgandi.
«Chig'atoy» futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanalmish Akbar o'tgan mavsum «Zamin» safida Zayniddin Tojiev qo'l ostida Birinchi ligada muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi. Ishonamizki, u «Dinamo»dagi o'yinlari orqali barchaning ishonchini oqlab, muxlislar mehrini qozonadi.
Akbar Xudoyberdiev
27 noyabr, 2006 yil.
Samarqand viloyati, Paxtachi tumani.
Chig'atoy futbol maktabi tabriyalanuvchisi.

Bosh sahifaga
237