«PSJ» Kilian Mbappe oldidagi qarzining bir qismini to'ladi, ammo mojaro davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Frantsiyaning «PSJ» klubi Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega sud qaroriga binoan qolgan 6 million evrodan 4 million evroni o'tkazib berdi. Biroq tomonlar o'rtasidagi moliyaviy mojaro hali yakuniga etgani yo'q. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.
Manba ma'lumotiga ko'ra, sud ijrochilari tashrifidan so'ng Parij klubi sobiq forvardga qisman to'lovni amalga oshirgan. Avvalroq mehnat sudi «PSJ»ni futbolchiga 60,9 million evro to'lab berishga majburlagan edi. Ushbu summa maosh bo'yicha qarzdorlik, bonuslar va hisoblangan foizlarni o'z ichiga oladi. Asosiy mablag' avvalroq o'tkazilgan, ammo 2 million evro miqdoridagi farq hali ham bahs mavzusi bo'lib qolmoqda. Klub esa futbolchi bilan to'liq hisob-kitob qilinganini ta'kidlamoqda.
Eslatib o'tamiz, mojaro Mbappening 2024 yil yozida Madridning «Real» klubiga erkin agent sifatida o'tishi ortidan yuzaga kelgan. Muzokaralar davom etmoqda va sud organlarining yana aralashuvi ham istisno qilinmaydi.

Bosh sahifaga
236