Bonuchchi: "Allegrining kuchi shundaki, u hech qachon nolimaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Italiyalik sobiq himoyachi Leonardo Bonuchchi "Milan"ning hozirgi murabbiyi Massimiliano Allegri bilan yaxshi tanish. Uning qo'l ostida u uzoq vaqt davomida Turinning "Yuventus" klubida ishlagan. Uning so'zlariga ko'ra, Allegri boshqa murabbiylardan farqli o'laroq, hech qachon nolimaydi.
"Men turli yaxshi murabbiylar bilan ishlash baxtiga muyassar bo'ldim, ularning har biri menga nimanidir o'rgatdi. Allegri o'zining ichki sezgisi bilan juda yaxshi, shuningdek, hech qachon nolimaydi va shikoyat qilmaydi. Shu ma'noda u haqiqiy fenomen", - deya Bonuchchining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Hozirda "Milan" A Seriyada 2-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
278