Kompani Ronaldu va Messidan ko'proq taassurot qoldirgan futbolchini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28

Taniqli sobiq himoyachi, hozirda "Bavariya" bosh murabbiyi bo'lib ishlayotgan Vensan Kompani futbolchilik faoliyatidagi eng kuchli raqiblarni yodga oldi.
Belgiyalik futbolchi "PSJ", "Barselona" va "Milan"dagi o'yinlari bilan eng ko'p tanilgan braziliyalik Ronaldinoni e'tirof etdi.
"Ronaldino menda eng kuchli taassurot qoldirdi. Ha, ehtimol, Ronaldu va Messi eng yaxshi o'yinchilardir, ammo alohida o'yin taassurotlari haqida gapiradigan bo'lsak, bu Ronaldino", - deya Kompani eng qiyin raqiblar haqidagi savolga javob berdi.
Sobiq markaziy himoyachi 2020 yilda butsalarini mixga ilib qo'ygan. 2024 yilning yozidan beri u o'tgan mavsumda Bundesligada g'olib chiqqan "Bavariya"ni boshqarmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255