«Milan» «Yuventus» yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 491

«Milan» klubi «Yuventus»ning chap qanot yarim himoyachisi Filip Kostich xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, futbolchiga «Atalanta» ham da'vogarlik qilmoqda. Kostichning amaldagi mehnat shartnomasi shu yozgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 3,5 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Filip Kostich «Yuventus» safida 18 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o'yinlarda futbolchi raqiblar darvozasiga uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
304