“Manchester Siti” beshinchi divizionga tushirib yuborilishi mumkin — manba
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

Angliyaning “Manchester Siti” klubi moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jazolanishi va hatto beshinchi divizionga tushurib yuborilishi mumkin. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar bermoqda.
Klubga qo'yilgan 115 ta ayblov bo'yicha surishtiruv ishlari o'tgan yili yakuniga etgan. “Shaharliklar” yakuniy hukmni 2025/26-yilgi mavsum oxirigacha bilib oladi. Maxsus komissiya barcha dalillarni o'rganib chiqib, o'z qarorini e'lon qiladi.
Klubni kutayotgan eng yomon qaror — uning Premer Ligadan chetlatilishidir. Bunday vaziyatda “Manchester Siti” hammasini noldan — mamlakatning beshinchi divizionidan boshlashiga to'g'ri keladi. Gap shundaki, pastki ligalarni boshqaradigan Angliya futbol ligasi (EFL) jamoani darrov Chempionship, Birinchi yoki Ikkinchi ligaga qabul qilishga majbur emas. Agar ushbu ligalar “Manchester Siti”ni qabul qilishdan bosh tortsa, klub professional maqomini yo'qotib, havaskorlar darajasiga yaqin bo'lgan beshinchi divizionga tushib ketadi.
Ma'lumot o'rnida, Premer Liga rahbariyati “Manchester Siti”ni 2009-yildan 2023-yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy cheklovlarni chetlab o'tib, 115 marta qoidabuzarlikka yo'l qo'yganlikda ayblamoqda.
Ayni paytda “shaharliklar” Premer Liga turnir jadvalida 53 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa etakchi “Arsenal”dan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

Bosh sahifaga
304