"Real" "Atletiko"dan iqtidorli futbolchini sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2726

«Real Madrid» klubi «Atletiko Madrid S» himoyachisi Aymar Garsiya bilan shartnoma imzolash borasida og'zaki kelishuvga erishdi.
18 yoshli futbolchining shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. U «qirollik klubi» safiga erkin agent sifatida kelib qo'shiladi. Ta'kidlanishicha, Garsiya «qaymoqranglilar» yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning e'tiborini tortgan. Ispaniyalik iqtidor markaziy himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi, uning bo'yi — 192 sm.
Joriy mavsumda Aymar Garsiya «Atletiko Madrid S» safida ikkita o'yinda maydonga tushdi. Ushbu uchrashuvlarda futbolchi samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290