«Real» va «Barselona» xorvat iqtidori uchun raqobatlashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 836

«Real» «Tottenxem»ning xorvatiyalik himoyachisi Luka Vushkovichni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Hozirda futbolchi ijara asosida «Gamburg» sharafini himoya qilmoqda. Madridliklar himoya chizig'ini elita darajasidagi iqtidorlar bilan yoshartirishni maqsad qilgan. Florentino Peres jamoada sog'lom raqobatni yuzaga keltirish niyatida. Bu erda asosiy g'oya — Vushkovichning narxi yanada ko'tarilib ketmasdan turib, bu transferni amalga oshirish hisoblanadi.
Biroq, «Tottenxem» himoyachining ketishiga osonlikcha yo'l qo'ymoqchi emas. Londonliklar o'z qo'llarida qanday ulkan potentsial mavjudligini yaxshi bilishadi va sotuv variantini faqat juda yuqori summadagi taklif tushsagina ko'rib chiqishlari mumkin. Shuningdek, Luka Vushkovich xizmatlariga «Barselona» ham qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
304