Mak Allister «Manchester Yunayted»ga o'tadimi? Futbolchining otasi vaziyatga oydinlik kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 845

«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterning otasi Karlos Mak Allister o'g'lining «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq Mirror portali ushbu transfer ehtimoli haqida yozgan edi.
«Hozirda Aleksis faqat «Liverpul» haqida o'ylamoqda. Biz shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif kutyapmiz. Klubning rejalari qanday ekanligini ko'ramiz.
Agar «Liverpul»ning taklifi etarli bo'lmasa, u boshqa chempionatga o'tishi mumkinmi? Shartnomani uzaytirish jarayoni qanday kechishini kutamiz. Hozircha bor gap shu», — deya Karlos Makallisterning so'zlarini keltiradi Win Win nashriga tayanib TEAMtalk.
Joriy mavsumda Mak Allister barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 85 million evroni tashkil etadi.

Bosh sahifaga
308