O'FA va O'zPFL rahbariyati Superliga klublari bilan uchrashuv o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida yangi mavsum oldidan Superliga jamoalari vakillari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Bugun O'FA hamda O'zPFL rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari, reglament talablari, infratuzilma va bir qator muhim yo'nalishlar muhokama qilindi.

Yig'ilish davomida klublarga infratuzilmani doimiy yaxshilab borish, akademiyalar va ayollar futboliga e'tibor qaratish hamda klublar faoliyatini professional tarzda tashkil etish yana bir marotaba eslatildi.
Mutasaddilar tomonidan jamoalar vakillarining savollariga batafsil javob berilib, yangi mavsumni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305