Rosenor: «Favoritlik hech narsani anglatmaydi, «Arsenal»ning natijasini ko'rdingiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 452

«Chelsi» Angliya Premer-ligasi doirasida «Byornli»ga qarshi bo'lib o'tadigan uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. London jamoasi bosh murabbiyi Liam Rosenor yaqqol favorit maqomi hali hech narsani anglatmasligini aytib o'tdi. Rosenor o'z fikrini asoslash uchun «Arsenal» qayd etgan natijani misol qilib keltirdi.
«Bizni qiyin o'yin kutmoqda. «Byornli» «Kristal Pelas» mehmoni bo'lib, g'alaba bilan qaytdi. Kecha «Vulverxempton»ning o'yinini va qayd etgan natijasini ko'rdingiz-ku? Shunday ekan, oson bo'lmaydi. Biz o'z ishimizga diqqat qaratishimiz kerak», — dedi Rosenor matbuot anjumani vaqtida.
Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni «Vulverxempton» va «Arsenal» 2:2 hisobida durang o'ynashdi. Jamoalar turnir jadvalida oxirgi va birinchi o'rinlarni egallab turishibdi.

Bosh sahifaga
313