Rosenor: "Ratsistlarga futbolda o'rin yo'q"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenor "Benfika" va "Real Madrid" o'rtasidagi o'yin paytida yuzaga kelgan mojaro haqida fikr bildirdi.
"Real" hujumchisi Vinisius Junior Janluka Prestianni tomonidan irqchilikda ayblandi. "Har qanday irqchilik - nafaqat futbolda, balki jamiyatda ham qabul qilinishi mumkin bo'lmagan holat.
Hozirda tergov ostida bo'lgan voqea haqida izoh bera olmayman. Lekin Vinisiusning xafa bo'lganini ko'rsangiz, buning sababi bor edi. Men o'zim ham irqchilikka doir zo'ravonlikka duch kelganman. Agar biron bir o'yinchi, murabbiy yoki menejer irqchilikda aybdor deb topilsa, ratsistlarga futbolda o'rin yo'q", dedi Rosenor matbuot anjumanida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
315