Kurtua frantsuz klubi aktsioneriga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297

«Real» darvozaboni Tibo Kurtua Frantsiyaning «Le-Man» klubiga sarmoya kiritadi.
Yozda Frantsiya ikkinchi ligasi vakili OutField va OakBerry investitsiya fondlari yangi moliyaviy sheriklarga aylanganini e'lon qilgan edi. Ushbu loyihaga Novak Jokovich, Felipe Massa va Kevin Magnussen kabi sport yulduzlari ham qo'shilishgan.
L’Équipe nashrining xabariga ko'ra, dastlabki investitsiyalardan olti oy o'tib, minoritar aktsiyador sifatida ishtirok etayotgan Outfield kompaniyasi «Le-Man»ning majoritar (asosiy) aktsiyadoriga aylanishga tayyorlanmoqda.
Bundan tashqari, klub aktsiyalarining bir qismini Tibo Kurtua hammuassis bo'lgan NxtPlay investitsiya kompaniyasi ham sotib oladi.
Ko'zlangan asosiy maqsad — hozirda Frantsiya ikkinchi ligasida 5-o'rinni egallab turgan jamoaning mavqeini saqlab qolish va yakunda Liga 1 ga qaytishdir.

Bosh sahifaga
233