Pirlo: "Gvardiola meni "Barselona"ga chaqirgan edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Italiya futboli afsonasi Andrea Pirlo 2010 yilda kataloniyaliklar safiga o'tishga juda yaqin kelgani haqida so'zlab berdi. O'sha vaqtda Pep Gvardiola boshqaruvidagi «Barselona» dunyoning eng kuchli jamoasi hisoblanardi.
«2010 yilgi Joan Gamper kubogidan keyin Pep Gvardiola menga Xavi, Inesta va Buskets bilan rotatsiya qiladigan yarim himoyachi bo'lishimni aytgandi», — deb eslaydi Pirlo.
Biroq, ushbu tarixiy transfer «Milan» klubi mutasaddilarining qat'iy qarshiligi tufayli to'xtab qolgan: «Ammo transfer «Milan» rahbariyati sabab amalga oshmay qolgan», - dedi hozirda murabbiylik qilayotgan 46 yoshli sobiq futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233