APLda qaysi jamoa EChL yo'llanmasini qo'lga kiritadi? Opta superkompyuteri taxmini
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273

Angliya Premer-ligasida chempionlik poygasi bilan bir qatorda, kelgusi mavsumda Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini beruvchi 4-o'rin uchun ham ayovsiz kurash ketmoqda. Opta superkompyuteri jamoalarning qolgan o'yinlari va joriy formasidan kelib chiqib, kuchli to'rtlikka kirish imkoniyatlarini foizlarda hisoblab chiqishdi.
Tahlil natijalari quyidagicha:
| Jamoa nomi | 4-o'rinni egallash imkoniyati |
| «Chelsi» | 26,7% |
| «Liverpul» | 25% |
| «Manchester Yunayted» | 20% |
| «Aston Villa» | 15,1% |
Ko'rib turganingizdek, matematik modellar ayni damda londonliklarni favorit sifatida ko'rsatmoqda. Biroq «Liverpul» va «MYu» orasidagi farq juda kichik bo'lib, har bir turdan keyin vaziyat tubdan o'zgarib ketishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275