Ismoilov, Kapadze va Babayanning shartnoma muddatlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 801

O'zPFL telegram-kanali orqali "Navbahor" Temur Kapadzeni, "Andijon" Samvel Babayanni, "Neftchi" esa Islombek Ismoilovni murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazganini e'lon qildi.
Unga ko'ra, Kapadze "lochinlar" bilan 1 yillik, Babayan "burgutlar" bilan 2 yillik, Ismoilov esa "yo'lbarslar" bilan 3 yillik shartnoma imzolagani ma'lum bo'ldi.
Superliga 1-turida "Andijon" "So'g'diyona"ni qabul qiladi (27 fevral), "Neftchi" "Mash'al"ni mehmon qiladi (28 fevral), "Navbahor" esa "Dinamo" maydoniga safar qiladi (28 fevral).
Manba: pfl.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284