«TsSKAga o'tmayman!»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 387

«Levante» markaziy hujumchisi Etta Eyong Moskvaning TsSKA klubi taklifini rad etdi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, «Levante» «armiyachilar»ning 30 million evrolik taklifini qabul qilishga tayyor edi, biroq 22 yoshli kamerunlik futbolchining o'zi Rossiyaga borishni istamadi. Ta'kidlanishicha, Eyong mavsumni «Levante»da yakunlab, so'ngra kuchliroq Evropa klubiga o'tishni xohlaydi.
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida Eyong 22 ta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 6 bor ishg'ol qildi va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari hujumchining narxini 20 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275