"Real" Lissabondagi voqealar bo'yicha rasmiy bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

Chempionlar ligasi doirasidagi «Benfika» va «Real» o'rtasidagi uchrashuv mojaroli tus oldi. Madrid jamoasi hujumchisi Vinisius Junior Janluka Prestiannini irqchilikda aybladi. UEFA mazkur holat yuzasidan tergov boshladi.
Endi «Real» klubi rasmiy bayonot bilan chiqdi. Madrid klubi payshanba kuni Lissabonda sodir bo'lgan voqealar bo'yicha barcha mavjud dalillarni UEFAga topshirganini ma'lum qildi. «Qaymoqranglilar» tergov jarayonida faol hamkorlik qilganliklarini alohida ta'kidlab o'tishdi.
Shuningdek, «Real» Vinisiusni qo'llab-quvvatlagani uchun butun dunyo hamjamiyatiga minnatdorchilik bildirdi. Klub sportda va jamiyatda irqchilik hamda boshqa salbiy illatlarni yo'q qilish ustida ishlashda davom etishini qayd etdi.

Bosh sahifaga
271