"Liverpul" Saloh uchun kamida qancha pul so'rashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377

Hujumchi Muhammad Saloh «Liverpul»ni tark etishga yaqin turibdi.
Jurnalist Uilson Koksning bergan ma'lumotlariga ko'ra, misrlik futbolchi shu yozda ingliz klubidan ketadi. «Qizillar» futbolchining transferi bo'yicha 63 million evrodan yuqori bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Salohning o'zi faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishga qarshi emas, u erdagi klublar futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda.
Muhammad Saloh 2017 yilda «Roma»dan «Liverpul»ga 42 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi «qizillar» safida barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
275