Slot Isakning qachon safga qaytishini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 430

«Liverpul» hujumchisi Aleksandr Isak Premer-liganing dekabr oyida «Tottenxem»ga qarshi kechgan o'yinida jiddiy jarohat olgan edi. Shunga qaramay, shvetsiyalik futbolchida joriy mavsumda maydonga tushish imkoniyati hali ham saqlanib qolmoqda. Bu haqda «qizillar» ustozi Arne Slot ma'lum qildi.
«Jarohatlar bilan bog'liq vaziyatda hamma narsa doim jarayonning reja bo'yicha ketishi yoki kichik ortga ketishlar bo'lish-bo'lmasligiga bog'liq. Umid qilamanki, Isak taxminan mart oyining oxiri yoki aprel boshlarida safga qaytadi», — dedi Slot jurnalistlarga.
«Liverpul» navbatdagi o'yinini yakshanba kuni, 22 fevral sanasida safarda «Nottingem Forest»ga qarshi o'tkazadi. Hozirda mersisaydliklar Premer-liga turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turishibdi.

Bosh sahifaga
279