De Bryuyne Manchester derbisida ishtirok etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya premer-ligasining 29-turi doirasida "Manchester Yunayted"ga o'yin oldidan jarohatlangan futbolchilarning ahvoli haqida ma'lumot berdi.
"De Bryuyne sog'aydi. U ertaga mashg'ulotda ishtirok etishi mumkin. Ammo u hozircha ideal formada emas.
Sane esa maydonga tushish uchun 100% tayyor emas. U yoshlar jamoasi safida yana bitta o'yinda maydonga tushishi kerak", — dedi Gvardiola.
Avvalroq «shaharliklar» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne "MYu"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida xabar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220