Ryudiger Italiya grandi safiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 470

«Real» himoyachisi Antonio Ryudiger A Seriyaga qaytishi mumkin.
Calciomercato nashrining xabariga ko'ra, «Yuventus» germaniyalik futbolchining transferiga qiziqish bildirmoqda. Turin klubi Ryudigerni shu yozda, uning «Real» bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanganidan so'ng o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ryudiger avval Italiyada «Roma» sharafini himoya qilgan.
Antonio Ryudiger 2022 yilda «Chelsi»dan erkin agent sifatida «Real»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda himoyachi Madrid klubi safida barcha turnirlarda 11 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Transfermarkt portali Ryudigerning transfer qiymatini 12 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273