Manuel Pellegrini La Liga va APLni baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 382

"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini La Liga ni APL bilan solishtirdi.
"Bugun Ispaniya dunyodagi eng kuchli milliy jamoaga ega. Faqat asosiy tarkib emas, balki zaxiradagi o'yinchilar ham juda yuqori saviyada. Jamoa buni har bir xalqaro musobaqada isbotlab kelmoqda. Men ko'p marta aytganman: texnik jihatdan Ispaniya eng yaxshi futbolni namoyish etadi.
Balkim, ingliz futboli ko'proq jozibali, tomoshabop, darvozadan darvozagacha tezkor hujumlar bilan.
Tomoshaboplikni oshirish uchun biroz ko'proq qo'llab-quvvatlash kerak. Menimcha, La Ligada sifatli futbol etarli.
Etishmayotgan jihat — aynan tomoshaboplik, o'yin faqat natijaga emas, balki jozibador bo'lib qolishi ham kerak", — dedi Pellegrini.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268