Luis Dias: "Biz har bir sovrin uchun kurashmoqchimiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

Kolumbiyalik hujumchi "Bavariya" futbolchisi Luis Dias joriy mavsumda trebl yutush imkoniyati haqida fikr bildirdi.
"Biz nima xavf ostida ekanini va nimani xohlayotganimizni tushunamiz. Bizning maqsad — barcha musobaqalarda imkon qadar uzoqqa borish va to'liq kuch bilan o'ynash. Biz har bir sovrin uchun kurashmoqchimiz. Bizning juda yaxshi jamoamiz, ajoyib oilamiz bor… juda jips, kamtar va mehnatkash oila. Mavsum oxirida juda faxrlanishimiz va baxtli bo'lishimizni bilaman", — dedi Dias jurnalist Kerri Xauga bergan intervyusida.
22 turdan so'ng "Bavariya" Germaniya chempionati musobaqa jadvalida 57 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Mamlakat kubogida Vensan Kompani shogirdlari yarim finalgacha etib keldi, Chempionlar ligasida esa to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'l oldi.

Bosh sahifaga
253