Pau Kubarsi: "Inigo Martines bilan o'zimni to'liq xavfsiz his qilardim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433

"Barselona" himoyachisi Pau Kubarsi sobiq jamoadoshi Inigo Martines haqida fikr bildirdi.
"Inigo Martines bilan o'zimni to'liq xavfsiz his qilardim. U tajribali futbolchi sifatida menga juda katta yordam berdi. Lekin Erik, Jerar va Ronald bilan ham juda yaxshi til topishdik", — deya Kubarsining so'zlarini keltiradi Barca Universal.
Eslatib o'tamiz, Martines "Barselona" safida 2023 yildan 2025 yilgacha o'ynagan. O'tgan yozda 34 yoshli ispan futbolchisi Saudiyaning "An-Nasr" jamoasiga o'tdi.
Joriy mavsumda 19 yoshli Kubarsi barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi. 22 fevral kuni "Barselona" o'z maydonida "Levante"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273