Seten: «Messidagi pasayish meni xavotirga solmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367

«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten jamoa hujumchisi Lionel Messining o'yinidagi pasayishi haqidagi savolga javob berdi.
«So'nggi paytlarda uning kam gol urayotgani meni xavotirga solmaydi. Albatta, u ko'proq gol urganida yaxshi bo'lardi, ammo bu men uchun tashvishli emas. Bunday holat har qanday futbolchida ro'y berishi mumkin. Muhimi, unda vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Messi 14 yil davomida ko'p gol urdi, endi esa kamroq urmoqda. Bu muhim emas», — dedi Seten.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211