«Chelsi» Murillo uchun katta mablag' tikishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6594

«Nottingem Forest» himoyachisi Murillo kelayotgan yozda yuqoriroq darajadagi klubga o'tishi mumkin. Braziliyalik futbolchining xizmatlariga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda.
CaughtOffside nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «Chelsi» Murilloni mudofaa markazi uchun asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. «Aristokratlar» himoyachini 80 million evro evaziga sotib olishga tayyor.
Murillo «Korintians»dan o'tganidan so'ng, 2024 yildan beri APLda to'p surib kelmoqda. Angliya chempionatining joriy mavsumida himoyachi 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314