"Vulverxempton" murabbiyi: "Jamoa bilan faxrlanaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 900

APLning 31-turidan o'rin olgan o'yinda "Vulverxempton" kutilmaganda peshqadam "Arsenal"dan 2 ochkoni tortib oldi. "Bo'rilar" ustozi Rob Edvards o'z shogirdlarining o'yinidan qoniqish hosil qilganini yashirmayapti.
"Ajoyib tuyg'u. Muxlislarimiz uchun yaxshi kecha. Bu shunchaki durang, lekin biz kurashyapmiz. Biz taslim bo'lmaymiz. Futbolchilarim bilan faxrlanaman. Biz muxlislar bilan munosabatlarni yo'lga qo'ymoqchimiz, hozir ularning qo'llab-quvvatlashi har qachongidan ham ko'proq kerak", - deya Edvardsning so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Ijobiy natijaga qaramay, "Vulverxempton" turnir jadvalida so'nggi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246