Bueno: "Birinchi golim — bu fantastika"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

Angliya chempionatining 31-tur uchrashuvida "Vulverxempton" chempionat etakchisi "Arsenal" bilan o'yinda iroda bilan durang qayd etdi 2:2.
"Bo'rilar" safida himoyachi Ugo Bueno gol urdi. O'yindan keyin u mamnunligini yashirmadi.
"Men birinchi golimdan hayratdaman. Mavsum biz uchun qiyin kechmoqda, ammo men bu golni kichik tasalli sifatida qabul qilaman. Hisob 0:2 bo'lgan holatda durang qayd qilishimiz ayniqsa yoqimli bo'ldi. Balki bu natijadan ilhom olib, yana qandaydir yaxshi natijalarga erishamiz", — dedi Bueno BBC Sportga bergan intervyusida.
Ijobiy natijaga qaramasdan, "Vulverxempton" hali ham jadvalda oxirgi o'rinda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231