Flo: "Kivuni maydonda yaxshi eslayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1069

Norvegiyalik sobiq hujumchi Ture Andre Flo hozirda Milanning «Inter» klubi ustozi sifatida faoliyat yuritayotgan Kristian Kivu haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
«A Seriyani kuzatib boramanmi? Men xohlagandan ko'ra kamroq... Vaqt etishmayapti. «Inter» — juda kuchli klub, uning aqlli murabbiyi bor, men uni maydondagi harakatlari orqali yaxshi eslayman. Ularda dunyoning eng yaxshilaridan biri bo'lgan Lautaro bor. Bizning Xoland vaziyatlardan foydalanishda yaxshiroq, lekin Lautaroning gollari chiroyliroq», — deya Floning so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.
Hozirda Milanning «Inter» klubi Italiya A Seriyasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Klub so'nggi bor 2024 yilda chempionlikni qo'lga kiritgan edi.

Bosh sahifaga
467