Allegri: "Biz Chempionlar ligasiga chiqmoqchimiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Italiya chempionatining kechiktirilgan o'yinida «Milan» «Komo»ga qarshi o'yinda ochko yo'qotdi, ammo «rossoneri» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri xursand.
U o'z jamoasi maqsadi Chempionlar ligasi zonasida joy egallash ekanligini eslatib o'tdi va shu nuqtai nazardan durang yaxshi natija hisoblanadi.
«O'yin oson kechmadi, birinchi taym teng ketayotgan edi, keyin Menyanning xatosi sodir bo'ldi, buni tushunish mumkin. Jamoa reaktsiya ko'rsatib, hisobni tenglashtira olgani yaxshi. Endi fikrlar «Parma» bilan bo'ladigan uchrashuvda. Hamma vaqt g'alaba qozonish imkoni yo'q. Bizning maqsad — Chempionlar ligasi zonasidagi joy», — dedi Allegri PianetaMilan.it portaliga bergan intervyusida.
Hozirda «Milan» Seriya A turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi.

Bosh sahifaga
393