Lingard faoliyatini davom ettirishi uchun yangi variant paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19

33 yoshli angliyalik yarim himoyachi Jessi Lingard faoliyatini Braziliyaning «Remo» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda.
Manbalarning ta'kidlashicha, ayni damda tomonlar muzokaralar olib bormoqda. «Remo» klubi Braziliya Seriya Asining yangi ishtirokchisi hisoblanadi.
Jessi Lingard faoliyatining katta qismini «Manchester Yunayted»da o'tkazgan. U mankunianliklar bilan birga Evropa Ligasi, Angliya Kubogi va Superkubogi, shuningdek, Futbol ligasi Kubogida g'olib chiqqan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
391