O'zbekiston OTJ bugun Slovakiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24106

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borayotgani haqida xabar berib o'tgandik. Yig'in davomida olimpiya terma jamoamiz uchun kuchli raqiblar bilan nazorat uchrashuvlari tashkil etish rejalashtirilgan. Jumladan, bugun terma jamoa a'zolari Antaliya shahridagi "Arcadia" o'yingohida Slovakiya U-21 terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi. Murabbiylar shtabi mazkur o'rtoqlik uchrashuvlarida Olimpiya terma jamoasiga nomzod bo'lgan futbolchilarni sinovdan o'tkazib, jamoa asosini shakllantirib borishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199