UEFA klublar o'rtasidagi jahon chempionatini kengaytirishga qarshi chiqmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12

Evropa futboli rahbariyati FIFAning Klublar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari sonini kengaytirish borasidagi rejalariga to'sqinlik qilmaydi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Musobaqa ishtirokchilari soni 32 tadan 48 ta jamoagacha ko'payadi. Shu bilan birga, turnir UEFA xavfsiraganidek har 2 yilda emas, balki har 4 yilda bir marta o'tkaziladigan bo'ldi. Ushbu murosa Aleksander Cheferin (UEFA rahbari) va Janni Infantino (FIFA rahbari) o'rtasidagi munosabatlar yaxshilangani tufayli amalga oshdi.
Ta'kidlanishicha, kengaytirish Evropa klublari uchun manfaatli — ularning soni 12 tadan 16 tagacha ko'payishi mumkin. 2029 yilgi turnir, katta ehtimol bilan, Ispaniya va Marokashda bo'lib o'tadi.

Bosh sahifaga
313