Arteta "Arsenal"ning kutilmagan durangi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15

Londonning "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Vulverxempton"ga qarshi Premer-liga bahsidan (2:2) keyin fikrlarini bildirdi.
"Kanonirlar" chempionatning asosiy autsayderi bilan bahsda hisobni 2:0 oldinda bo'lib turganda ochko yo'qotdi. "Bo'rilar" 94-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
"Ikkinchi taymda biz kerakli darajada va Premer-ligada g'alaba qo'lga kiritish uchun o'ynash kerak bo'lgan tarzda o'ynamadik. Lekin biz hodisalarga juda emotsional tarzda reaktsiya qilamiz. Bu zarbani munosib qabul qilishimiz kerak, chunki bunga loyiq edik. Har doim emotsiyalarga berilishda jamoaga zarar keltirishi mumkin bo'lgan so'zlar aytish xavfi bor. Asosiy vazifalarni yaxshiroq bajarish zarur. Ilgari bu bilan muammo bo'lmagan", — dedi Arteta Sky Sportsga bergan intervyusida.
"Arsenal" 58 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam va "Manchester Siti"dan 5 ochko oldinda, "shaharliklar"da bitta zaxira uchrashuvi qolgan.

Bosh sahifaga
436