"Real" "PSJ" vingeri uchun 100 million evro to'lashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27

"PSJ" vingeri Dezire Due "Real" qiziqish doirasiga tushdi. El Nacional ma'lumotiga ko'ra, Madrid klubi yosh futbolchini sotib olish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Uning transferi uchun "qaymoqranglilar" 100 million evro to'lashga tayyor.
"Real" Duega Parij jamoasida olayotganidan ko'ra ko'proq o'yin vaqti kafolatlashi mumkin. Dezire Due 2024 yilda Renndan "PSJ"ga 50 million evro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Joriy mavsumda vinger parijliklar safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Dueni 90 million evro deb baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
437