Van Deyk Soboslaini "Liverpul"ning bo'lajak sardori sifatida ko'rmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13

«Liverpul» markaziy himoyachisi Virgil van Deyk jamoadoshi Dominik Soboslaining etakchilik fazilatlari haqida gapirib o'tdi.
25 yoshli vengriyalik futbolchi joriy mavsumda «qizillar»ning asosiy va hal qiluvchi o'yinchisi maqomini to'liq mustahkamladi. Jurnalistlar jamoaning amaldagi sardori van Deykdan kelajakda ushbu yarim himoyachini sardorlik bog'ichida ko'rish-ko'rmasligi haqida so'rashdi.
«Aniq bir gap ayta olmayman, buni murabbiy hal qiladi. Soboslai o'zini juda yaxshi ko'rsata oldi. Menimcha, u yana bir qadam oldinga tashlab, «Liverpul» etakchisiga aylanishi mumkin. Hamma narsa shaxsiy o'rnakdan boshlanadi va u joriy mavsumda buni isbotlamoqda», — deya 34 yoshli niderlandiyalik futbolchining so'zlaridan iqtibos keltiradi Angliya OAVlari.
Dominik Soboslai 2023 yilning yozida «RB Leyptsig»dan «Liverpul»ga o'tgan edi.

Bosh sahifaga
367