Kompani "Bavariya"da kimni ko'rishni istaydi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 852

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Myunxen klubiga qaysi futbolchini sotib olishni istashi haqidagi savolga javob berdi.
"Mening vazifam — qo'l ostimizdagi futbolchilar bilan yaxshi aloqa o'rnatish. Yangi o'yinchilarni jalb qilishda yordam beradigan boshqa insonlar ham bor. Mening ishim: "bizda bor futbolchilar — eng zo'rlari, men Xarri Keyn, Maykl Olise, Luis Dias, Jamal Musiala va boshqalar bilan ishlashni xohlayman", deyishdan iborat. Yozda nima bo'lishini esa ko'ramiz", — dedi Kompani matbuot anjumanida.
Vensan Kompani 2024 yilning yozida "Bavariya" boshqaruviga kelgan edi. Uning qo'l ostida Myunxen klubi Bundesliga va Germaniya Superkubogida g'olib chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
290