"PSJ" "Liverpul"dagi frantsuz yulduzini olib ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6428

"Liverpul" o'z tarkibida himoyachi Ibraima Konateni saqlab qolish niyatida.
Jurnalist Uilson Koksning ma'lumotlariga ko'ra, "qizillar" frantsuz futbolchisi bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralarni davom ettirishmoqda. Futbolchining o'zi esa yangi bitimni imzolashdan oldin "PSJ"ning qarorini kutmoqchi – parijliklar o'yinchining transferi uchun kurashga qo'shilishgan. Hozircha Konate "Liverpul"da qolish yoki "PSJ"ga o'tish borasida bir qarorga kelolmay ikkilanmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVdagi mish-mishlar himoyachini Madridning "Real" klubiga o'tishi bilan bog'lagan edi.
Ibraima Konate 2021 yilda "RB Leyptsig"dan "Liverpul"ga 40 million evro evaziga o'tgan. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda frantsuz "qizillar" safida 34 ta o'yin o'tkazib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Bosh sahifaga
350