Koutino shartnomani bekor qilishni so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53

Hujumkor yarim himoyachi Filippe Koutino "Vasko da Gama"dan shartnomani bekor qilishni so'radi. Bu haqda "Globo Esporte" nashriga tayanib "The Touchline" xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Vasko da Gama" bosh murabbiyi Fernando Diniz Koutinoni fikridan qaytarishga harakat qilgan, biroq 33 yoshli futbolchining qarori qat'iy. Filippe tez orada erkin agent maqomini oladi.
Avvalroq Filippe Koutino Evropada bir nechta jamoalarda, xususan "Liverpul", "Barselona" va "Aston Villa" klublarida to'p surgan edi.
Qo'shimcha qilish joizki, nufuzli "Transfermarkt" portali mutaxassislari Koutinoni 3,5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355