Rasman. UEFA "Vinisius ishi"ni tekshirishni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 512

UEFAning rasmiy saytidagi intizom bo'limida "Vinisius ishi" deb nomlangan jarayon bo'yicha tergov boshlangani haqida ma'lumot e'lon qilindi. "Real"ning braziliyalik hujumchisi Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o'yinda Lissabon jamoasi a'zosi Janluka Prestiannini irqchilikda ayblagan edi.
UEFA ushbu ish bo'yicha odob-axloq va intizom inspektori tayinlanganini ma'lum qildi. Oldinda surishtiruv ishlari kutilmoqda. UEFA mazkur ish bo'yicha keyinroq qo'shimcha izoh beradi.
"Real" safarda "Benfika"dan ustun keldi va 1:0 hisobidagi g'alabani nishonladi. Chorshanba kuni, 25 fevral kuni jamoalar Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida javob uchrashuvini o'tkazadilar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355