"Renn" "PSJ" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng yangi murabbiy tayinladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 540

Liga 1dagi ketma-ket uchta mag'lubiyatdan so'ng "Renn" bosh murabbiy Xabib Beyeni iste'foga chiqargan edi. Shundan so'ng, yoshlar jamoasi murabbiyi qo'l ostida "qizil-qoralar" sensatsion tarzda "PSJ"ni 3:1 hisobida mag'lub etishdi.
Chorshanba kuni "Renn" yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi — jamoani Frank Ez qabul qilib oldi. 54 yoshli mutaxassis 2027 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasiga imzo chekdi.
Bunga qadar Ez bir qancha Frantsiya jamoalarida, xususan, "Lans" va "Nitstsa" klublarida faoliyat yuritgan.
Hozirda "Renn" Frantsiya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa o'zining navbatdagi o'yinini 22 fevral kuni safarda "Oser"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
357