Ferdinand Vinisiusni qo'llab-quvvatladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 569

Rio Ferdinand "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni qo'llab-quvvatladi. Ma'lumki, braziliyalik "Benfika" vakili Janluka Prestianini irqchilikda ayblagan edi.
"Qanday qilib biz haligacha irqchilikni muhokama qilyapmiz? Irqchilik haqoratlari eshitilganda, odamlar qanday qilib o'zlarini oqlashga harakat qilishadi? Vini aybdormi? U bunday bayram qilmasligi kerakmi? Bu qanaqasi o'zi? Biz buni qabul qila olmaymiz. Axir bu futbol-ku. Hokimiyat nimadir qilishga majbur", - dedi Ferdinand ijtimoiy tarmoqdagi videoda.
Eslatib o'tamiz, "Real" safarda "Benfika"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
359