Lyuis Xemilton Vinisius Juniorga murojaat qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 376

Formula-1 yulduzi Lyuis Xemilton "Real Madrid" hujumchisi Vinisius Juniorga dalda berdi. Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasidagi bahsda "Benfika" o'yinchisi Janluka Prestiannini maydonda irqchilik qilishda ayblagan va bu katta mojaroga sabab bo'lgan edi.
"Biz sen bilanmiz, Vinisius", — deb yozdi Xemilton ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, Janluka Prestianni irqchilik ayblovlarini rad etmoqda. "Benfika" futbolchisining so'zlariga ko'ra, Vinisius Junior uni shunchaki noto'g'ri tushungan.
Seshanba kuni "Real" safarda "Benfika"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Kelasi hafta jamoalar Madridda javob uchrashuvini o'tkazadilar. O'yin 25 fevral kuniga belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
427