Rasman. Husayn Norchaev "Navbahor"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

O'tgan mavsumni Qarshining "Nasaf" jamoasida o'tkazgan hujumchi Husayn Norchaev faoliyatini Vodiyda davom ettiradi.
"Navbahor" 24 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Kelishuv tafsilotlari hozircha noma'lum.
Norchaev faoliyati davomida "Nasaf"dan tashqari "Alaniya" (Rossiya) va "Neftchi" klublarida o'ynagan. Transfermarkt portali uni hozirda 800 ming evroga baholamoqda. Norchaev faoliyatida umumiy 165 ta o'yinda 62 ta gol urib, 13 ta assist muallifi bo'lgan.
Ma'lumot o'rnida, Husayn jiddiy jarohat sabab yangi mavsumning yarimini o'tkazib yuborishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340