"Navbahor" braziliyalik vinger transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Namanganning "Navbahor" klubi o'z safiga braziliyalik qanot vingeri Aleks Fernandesni qo'shib olganini e'lon qildi.
Klub 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma tafsilotlarini oshkor qilmadi.
Transfermarkt portalida Fernandes hozirda 500 ming evroga baholanmoqda. Uning so'nggi klubi Rossiyaning "Baltika" jamoasi edi.
Fernandes faoliyati davomida "Atletiko Mineyro" (U-20), "Santos" (U-20), "Chyornoe More" va "Neftchi" Boku kabi klublar sharafini himoya qilgan. U butun faoliyati davomida 101 ta o'yinda 21 ta gol urib, 22 ta assist bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
428