Kavana APL o'yinlarini boshqarishdan chetlatildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353

Angliyalik hakam Kris Kavana yaqin dam olish kunlari Angliya Premer-ligasi o'yinlarini boshqarishdan chetlatildi. Bunga mutaxassisning Angliya Kubogi doirasidagi "Aston Villa" va "Nyukasl" o'rtasidagi uchrashuvda yo'l qo'ygan sifatsiz ishi sabab bo'lgan. Kavana bir yo'la bir nechta xatoga yo'l qo'ydi — "Aston Villa"ning ofsayddan urilgan golini inobatga oldi, Lyuka Dinni maydondan chetlatmadi, shuningdek, "Nyukasl" foydasiga penalti belgilamadi.
Bularning barchasi VAR tizimi yo'qligi sababli yuz berdi. Ushbu tizim Angliya Kubogining navbatdagi, beshinchi bosqichidan boshlab qo'llaniladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
383