UEFA "Benfika" - "Real" o'yinidagi mojarodan so'ng bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437

UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi "Benfika" va "Real" o'rtasidagi janjalli o'yindan so'ng bayonot bilan chiqdi. Ma'lumki, Vinisius Junior Janluka Prestiannini irqiy haqoratlarda ayblagan edi. "Benfika" futbolchisi esa ayblovlarni rad etmoqda.
UEFA hozircha biror aniq sharh bera olmaydi, chunki o'tgan o'yinlar bo'yicha hakamlarning hisobotlari hali qayta ishlab chiqilmagan. Umuman olganda, UEFAning bayonoti ko'proq rasmiy xarakterga ega bo'ldi.
"Seshanba kungi o'yinlar bo'yicha rasmiy hisobotlar ko'rib chiqilmoqda. Agar qoidabuzarliklar qayd etilgan bo'lsa, intizomiy ish ochiladi. Sanktsiyalar qo'llanilgan taqdirda, ma'lumotlar UEFA saytining intizomiy bo'limida e'lon qilinadi. Hozirda bizda ushbu masala bo'yicha qo'shimcha ma'lumot yo'q", — deyiladi UEFA bayonotida.
Eslatib o'tamiz, "Real" safarda "Benfika"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Bosh sahifaga
367